Klinik farmakologiya kafedrasi tashabbusi bilan 27-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi, Belarusiya, Qozog’iston va Tojikiston Respublikalarining ilg’or olimlari va Klinik tadqiqotlar menwgmentini amalga oshiruvchi DATA MENEJMENT 365 xalqaro tashkiloti hamkorligida “KLINIK FARMAKOLOGIYA: ZAMONAVIY FARMAKOTERAPIYA MUAMMOLARI” mavzusi muhokamalar maydonida bo‘ldi.
✨Anjumanda ilg’or xorijiy klinik farmakolog mutahassislar akademik Raximov Q.D.(Qozog’iston), professorlar Mal G.S.(Kursk), Povetkin S.V., Bichkov E.R.(Sankt-Peterburg), Urunova M.V.(Tojikiston), Skripko A.A.(Irkutsk), Fedorova N.V., Ruzanov D.Y.(Belorus) bilan TTA professorlari Yakubov A.V., Zufarov P.S., Mavlyanov I.R., Daminova L. T. va Xamrayev A.A. lar farmakoterapiyaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. O’zbekistonlik olimlar va amaliy shifokorlar qatnashgan
anjumanda ichki kasalliklarni davolash va profilaktikasi masalalarining innovatsion usullari tahlil etidi.