Zufarov Pulat Soatovich

Zufarov Pulat Saatovich – tibbiyot fanlari doktori, TTA Klinik farmakologiya kafedrasi professori. 1984 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining davolash ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1984 yildan boshlab klinik farmakologiya kafedrasida ishlab, klinik ordinatorlikdan kafedra professori darajasiga ko’tarildi.

1990 yilda u «Bronxial astma bilan og’rigan bemorlarni kompleks davolashda benzonal induktordan foydalanishning klinik va farmakologik asoslari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2005 yilda 14.00.42 Klinik farmakologiya ixtisosligi bo’yicha “O’pka surfaktant tizimining buzilishlarini korrektsilashda ba’zi farmakologik vositalarning samaradorligi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Asosiy ilmiy yoʻnalishlari: “Oʻpkaning surfaktant tizimidagi buzilishlarni hisobga olgan holda surunkali bronxopulmonar kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarni davolashni optimallashtirish” va “Turli patologik sharoitlarda gastroduodenal soha shilliq qavatining himoya mexanizmlarining holati va aniqlangan buzilishlarni tuzatish yoʻllari”. P.S.Zufarov 300 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 ta darslik, 2 ta elektron darslik va 3ta oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Farmakologiya va klinik farmakologiya boʻyicha DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 ilmiy kengashi va ushbu kengash huzuridagi ilmiy seminar aʼzosi. “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2009-2017 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika, tibbiy -pedagogika va davolash fakultetlari dekani lavozimida ishlagan.