O‘zbekistonda dori vositalarining ratsional qo‘llash

Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik farmakologiya kafedrasi xodimlari Umumjaxon Sog‘liqni saqlash Tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda dori vositalarining ratsional qo‘llash” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro seminarda ishtirok etdilar. Seminarda O‘zbekistonda retsepturali dori vositalarini, hamda antibiotiklarni qo‘llash va sotishni tartibga soluvchi meyoriy xujjatlar, shifokor tavsiyasisiz antibiotiklarni qo‘llash muammolari, O‘zbekistonda dori vositalarini retsept asosida sotishni tadbiq etish masalalari muxokama etildi, shuningdek, dori vositalarini, shu jumladan antibiotiklarni retsept asosida sotishni tadbiq etish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari o‘rganildi.   Seminarda UJSST xalqaro ekspertlari: Lars Blad Shvesiya, John Lisman Niderlandы, Lilit Kazaryan Armeniya, O‘zbekistondan SSV, tuman Sog‘liqni Saqlash Boshqarmasi mutaxassislari, O‘zbekiston Farmasevtlar Uyushmasi, O‘zbekiston Vrachlar Uyushmasi a’zolari, farmasevtik soxani rivojlantirish agentligi, “Dori-darmon” xodimlari, xamda, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pedatriya tibbiyot instituti, Toshkent farmasevtika instituti, sentra mutaxass xodimlari ishtirok etdilar.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.