Toshkent politexnika muzeyiga tashrif

Klinik farmakologiya kafedrasi xodimlari va tibbiy-pedagogika fakulteti 503 s gurux talabalari bilan Toshkent politexnika muzeyiga tashrif buyurishdi.  Muzeyda  Jahon va mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati tarixiga oid eksponatlar, maketlar  namoyish kilingan. Talabalar avtomobilsozlik sanoatining bugunga qadar bosib o‘tgan yo‘li, bir necha asr muqaddam yaratilgan ilk mashinalar, traktorlar, dunyoda yasalgan birinchi g‘ildiragu mashinalar maketidan tortib, XX asrda eng ommabop bo‘lgan “Wolksvagen Juk”, “Moskvich 400”, “GAZ-13”, “Chayka” kabi avtomobil namunalari bilan tanishdilar. Shuningdek, bug‘, elektr, ichki yonuv dvigitellari, shu asosda harakatlangan avtomobillarning maketlari, yurtimizdagi ilk tramvay va trolleybuslarning maketlarini tamosha qildilar. Talabalar uz fikr muloxazalarini bildirishdi va ular  tomonidan berilgan savollarga muzey  xodimlari tomonidan  javob berildi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.