2026-yil 7-yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinik farmakologiya kafedrasi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasidagi ilg‘or oliy ta’lim muassasalari hamkorligida “Oliy tibbiy ta’limni rivojlantirishda raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlari, erishilgan yutuqlari” mavzusida xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjuman davomida kredit-modul tizimi, simulyatsion o‘qitish, mustaqil ta’lim, tibbiy ta’limda raqamli transformatsiya va sun’iy intellektdan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tadbir tibbiy ta’lim sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda ilmiy-pedagogik tajriba almashishga xizmat qildi.












