Yoshlar bilan ishlash

“Yoshlar bilan ishlash”: Kafedra ichki shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Klinik farmakologiya kafedrasida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual salohiyatini oshirish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir — Shaxmat turniri o‘tkazildi.Kafedra mudiri, professor A.V. Yakubov boshchiligidagi jamoa tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqa talabalar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi.Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, 5-kurs tyutori Mullajonov Laziz hamda 1-sonli davolash fakultetining 5-kurs talabalari ishtirok etishdi.Musobaqani kafedra professori P.S. Zufarov ochib berib, shaxmat insonni mantiqiy fikrlashga va sabr-toqatga o‘rgatishini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan 4 bosqichli bahslar yakuniga ko‘ra quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

 

O‘rin Ism-sharif Guruhi
🥇 1-o‘rin Karvonov Baxtiyor 510-s guruhi
🥈 2-o‘rin Aliyev Asror 502-s guruhi
🥉 3-o‘rin Quvondiqov Dilshod 515-a guruhi
🥉 3-o‘rin Soloyjonov Javoxir 502-b guruhi

Klinik farmakologiya kafedra professori P.S. Zufarov g‘oliblarni esdalik sovg‘alar bilan taqdirladilar.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.