Talabalik bahori – 2025

2025-yil 18-mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida talabalar hayotidagi eng yorqin tadbirlardan biri —“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z” shiori ostida “Talabalik bahori – 2025” festivali bo‘lib o‘tdi. An’anaviy bayram tadbirlari doirasida akademiya talabalari va ustozlari Navro‘z shukuhi bilan birlashib, xalqimizning boy madaniy merosini namoyon etishdi.

Festivalning eng qiziqarli qismlaridan biri – sumalak sayli bo‘lib, unda talabalar milliy qadriyatlarimizga hurmat bajo keltirib, ushbu qadimiy taomni tayyorlash jarayonida ishtirok etishdi. Shuningdek, iqtidorli talabalar tomonidan milliy raqslar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Festivalning asosiy maqsadi – milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, talabalikning eng go‘zal damlarini his qilish, talabalar o‘rtasida do‘stona muhit va birdamlikni shakllantirish hamda yangi iste’dodlarni kashf etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarining ijodiy chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, badiiy dasturlar hamda turli qiziqarli tanlovlar orqali festivalga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar.Ushbu tadbirda Klinik farmakologiya kafedrasi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.            

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.