III xalqaro talabalar olimpiadasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi yangiliklar byulleteni

HURMATLI TALABALAR VA HAMKASBLAR!

Sizni 2025 yil 15 aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida onlayn formatda bo’lib o’tadigan «Klinik farmakologiya» fanidan III xalqaro talabalar olimpiadasida ishtirok etishga taklif etamiz.

OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI E’TIBORIGA

Olimpiadada faqat bakalavr talabalari qatnashishga ruxsat etiladi. Olimpiadaning barcha ishtirokchilari ro’yxatdan o’tishlari uchun maxsus shaklda ariza topshirilishi kerak. Olimpiada o’tkaziladigan tillar- rus, ingliz tillari.

Olimpiada 3 bosqichda o’tkaziladi.

I bosqich – Test sinovlari

Savollar soni: 25

Vaqt: 25 daqiqa

Eng yuqori ball to’plagan 15 nafar o’quvchi keyingi bosqichga o’tadi.

II bosqich – vaziyatli masalani yechish, uchta savoldan iborat, maksimal ball soni – 100.

80 baldan ko’proq ball to’plagan ishtirokchilar keyingi bosqichga o’tadilar.

III bosqich – Blitz – so’rov. Ushbu bosqich ishtirokchilari ketma-ket 5 ta qisqa savolga javob berishlari kerak. Eng katta ball soni – 100.

Olimpiadaning II va III bosqichlar yig’indisi bo’yicha dastlabki uchta maksimal natija to’plagan talabalar golib deb topiladi. Qolgan ishtirokchilar ishtirok etish uchun sertifikatlarga ega bo’lishadi.

Har bir oliy o’quv yurtidan (o’z universitetida saralash bosqichida maksimal ball to’plagan) 3 dan ortiq ishtirokchi qabul qilinadi.

Ishtirokchilarni ro’yxatdan o’tkazishning oxirgi muddati – 10 yil 2025 aprel.

Olimpiadada qatnashuvchilar ro’yxati va onlayn ishtirok etish uchun arizani 2025-yil 10-aprelga qadar Telegram, olimpiadalar koordinatorlarining WhatsApp raqamlariga yuborish kerak. Qo’shimcha ma’lumot uchun iltimos, moderatorlarga murojaat qiling.

Moderatorlar: Musayeva Lola Juraevna – tel.: +99897 721-45-10 (Telegram, WhatsApp)

Aripjanova Shakhlo Sardarovna – tel.: +99890 188-66-86 (Telegram)

 

Ilova 1

«Klinik farmakologiya» fani bo’yicha talabalar xalqaro olimpiadasida qatnashish uchun ariza

Fayl nomi: Фамилия_Заявка.doc

XALQARO TALABALAR OLIMPIADASI ISHTIROKCHISI UCHUN ARIZA SHAKLI.

Ishtirokchining to’liq ism-sharifi (rus yoki ingliz tillarida)  
Oliy o’quv yurti nomi

 

 
Fakultet

 

 
Kurs  
Ishtirokchining telefon raqami (Telegram)  
Ishtirokchining elektron pochtasi  
Ilmiy rahbarning to’liq ism-sharifi, lavozimi va kontakt ma’lumotlari (rus va ingliz tillarida)  
Ishtirok etish tili  
Tasdiqlash hujjatining surati:

Universitetning tavsiyanomasi

 

 

To’ldirish sanasi: «___» _____________   2025 y.

 

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.