Shifokor kasbiga qadam: o‘quvchilarning Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrifi

Toshkent Davlat tibbiyot universiteti “Klinik farmakologiya ‘‘ kafedrasiga Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari universitetga tashrif buyurdilar va universitet talabalari bilan bir auditoriyada o‘tirib, amaliy va seminar darslarda qatnashdilar va o‘zlarida universitet talabasi bo‘lish uchun katta mativatsiyaga ega bo‘ldilar.

Tibbiyot universiteti hayoti va qachon tashkil topganini yanada chuqurroq bilib olishlari uchun kafedrada mavjud infokiox orqali tanishdilar.

Kafedra dotsenti Sh.A.Saidova tomonidan o’quvchilarga “Dori vositalarining nojo’ya ta’siri ” mavzusida seminar mashg’uloti o’tildi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

O‘quvchilar ko‘zlarida quvonch va katta qiziqish bilan uylariga qaytdilar.

Bugungi universitetga tashrif juda mazmunli bo‘ldi va o‘quvchilar barcha ustozlarga minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.