Klinik farmakologiya bo‘yicha akademik mobillik

2025-yil 19–22-noyabr kunlari Toshkent davlat tibbiyot universiteti Klinik farmakologiya kafedrasi bazasida академик mobillik dasturi doirasida o‘quv-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar Qozog‘iston Respublikasi S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Akademik mobillik doirasida tibbiyot fanlari doktori, professor Rahimov Qayrolla Dyusenbayevich hamda PhD, dotsent Abu Janar tomonidan talabalar, magistrlar va rezidentlar uchun klinik farmakologiyaning dolzarb masalalari, ratsional farmakoterapiya, dori vositalarining klinik tadqiqotlari hamda dalillarga asoslangan tibbiyotga oid ma’ruzalar o‘qildi.

Mazkur tadbirlar ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ilmiy-amaliy tajriba almashish, shuningdek, oliy tibbiy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.