Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Klinik farmakologiya” kafedrasi xodimlari tomonidan Zangiota Аbu Аli ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida universitet va texnikum kafedralari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Kafedra xodimlari texnikumning moddiy-texnik bazasi va o‘quv-uslubiy ishlari bilan tanishdi, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlar olib borildi. Shuningdek, “Bronxoobstruktiv sindromda dori vositalarini zamonaviy qollanilishi tamoyillari ” mavzusida mahorat darsi va “Kasbga yo‘naltirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quv-uslubiy ishlar bilan tajriba almashish, ochiq darslar tashkil etish va hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo’ldi.










