Alisher Navoyi – buyuk daho

“Alisher Navoiy – buyuk daho” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent Davlat tibbiyot universiteti Klinik farmakologiya kafedrasida 2026-yil 9-fevral kuni buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirni kafedra mudiri, professor A.V.Yakubov va ma’naviyat ishlari bo‘yicha mas’ul Sh.A.Saidova tashkillashtirishdi.

Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi hamda 526-a, b, s guruh talabalari faol ishtirok etdilar. Tadbirni professor P.S.Zufarov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan Alisher Navoiyning hayoti va ijodining turli qirralari yoritib berildi:

  1. Alisher Navoiy – buyuk olim va mutafakkir: Uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, madrasalar, masjidlar va shifoxonalar qurilishidagi tashabbuslari.
  2. Shoirlar sultoni: Navoiyning turkiy tilni yuksak adabiy darajaga ko‘targani va jahon adabiy merosidagi o‘rni (“Xamsa”, “Xazoyin ul-ma’oniy”).
  3. Navoiy va tibbiyot: Buyuk mutafakkirning tabobat ilmidagi bilimdonligi, o‘z davri tibbiy asarlari (“Muqaddima-i dastur ul iloj”) va to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari haqidagi o‘lmas g‘oyalari tahlil qilindi.

Tadbir qiziqarli taqdimotlar va talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan Navoiy g‘azallari bilan boyitildi. Tadbir yakunida talabalar o‘rtasida savol-javob o‘tkazilib, faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

«Oftob hammaga baravar nur sochadi, sham esa o’zi yonib, erib, atrofdagilarga ziyo bag’ishlaydi.»

Klinik farmakologiya kafedrasi jamoasi ma’naviy merosimizni o‘rganish va yoshlarga yetkazish ishlarini davom ettiradi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.