Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi

Klinik farmakologiya kafedrasi xodimlari va davolash fakulteti  510, 511  gurux talabalari ishtirokida 13.02.2021 yilda darsdan so‘ng klinik farmakologiya kafedrasida, “Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi”  mavzusiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda talabalar Bobur ijodidan namunalar va g‘azallar o‘qidilar. Shu bilan birga tadbir ishtirokchilari Bobur xayoti va ijodi haqida vatanimiz yozuvchilari (P.Qodirov “Yulduzli tunlar”) va xorijiy yozuvchilar (Xarold Lamb “Bobur-yo‘lbars”) tomonidan yozilgan asarlar bilan tanishdilar. Tadbir interfaol o‘yinlar va videoroliklar bilan boyitildi. Tadbir so‘ngida Bobur ijodi haqida savollar berildi. Faol talabalar esdalik sovhalar bilan taqdirlandilar.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.