2026-yil 23-aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Klinik farmakologiya kafedrasi tomonidan “Klinik farmakologiya” fanidan IV Xalqaro talabalar fan olimpiadasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Olimpiada TDTU Klinik farmakologiya kafedrasining ma’ruzalar zalida bo‘lib o‘tdi hamda unda xorijiy va respublika tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan jami 29 nafar talaba ishtirok etdi.
Tadbir professor A.V. Yakubovning kirish so‘zi bilan ochib berildi. Olimpiada 3 bosqichda tashkil etildi: birinchi bosqich Google test shaklida, ikkinchi bosqich blits-so‘rov tarzida, uchinchi bosqich esa klinik vaziyatli masalalarni yechish shaklida o‘tkazildi.
Hakamlar hay’ati tarkibida TDTU, KDTU (Rossiya), Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Olimpiada yakunida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi, barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.










