Qadim qadimdan Navro‘z xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi bo‘lib kelgan o‘zbek xalqining madaniy hayotida Navruz bayrami katta ahamiyatga ega. Navro‘zi olam biz uchun eng qadimiy, asl milliy, xar kanday siyosatdan xoli bo‘lgan, uzoq o‘tmish zamonlaridan buyon qadriyatlarimiz timsoli bo‘lib kelayotgan xosiyatli bir ayyom, yasharish va yangilanish fasli ekanligi aytib o‘tildi. Navro‘z asrlar davomida insonlarda ona zaminga, tabiatga muhabbat uyg‘otgan xamda mehr – oqibat , bag‘ri kenglik, o‘zaro xurmat kabi tuyg‘ularni tarbiyalab kelgan.
Talabalarga Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan taqdimot va maxsus videofilm, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir so‘nggida blis savol-javoblar orqali yig‘ilganlarga sovg‘alar ulashildi. Talabalar tadbirda faol qatnashdilar.















