Amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati

  1. Digoksin bilan o‘rtacha tempda digitalizatsiya o‘tkazish;
  2. Bronxoobstruktiv sindromda teofillin yordamida bronxodilyatatsiyalovchi terapiya o‘tkazish;
  3. Qon aylanish yetishmovchiligida xalqali diuretiklar yordamida diuretik terapiya o‘tkazish;
  4. Dori anafilaktik shokida shoshilinch yordam ko‘rsatish;
  5. Nafas qisish hurujida birinchi yordam ko‘rsatish.

 

DIGOKSIN BILAN O‘RTAChA TEMPDA DIGITALIZATSIYa O‘TKAZISh

Maqsad: surunkali yurak yetishmovchiligi bor bemorlarda qonda digoksinning terapevtik konsentratsiyasiga erishish:

Bajarilish ketma-ketligi Maksimal ball To‘plangan ball
1. EKGda II-III darajali AV blokada va qorincha maromining buzilishlari yo‘qligiga amin bo‘lish. 30
2. Digoksinni 0,25 mg dan sutkasiga 3 mahal buyurish (qondagi to‘yinish dozasi – 2 mg – 5-sutkada erishiladi). 20
3. Digoksin qabul qilishning 5 kuni mobaynida bemorlarning sub’ektiv kechinmalarini, YuQS, puls va EKDda PQ intervalni kuzatib borish. 20
4. 6-kundan quvvatlovchi dozaga o‘tkazish (0,125 mgdan sutkasiga 3 mahal). 10
5. Butun quvvatlovchi terapiya o‘tkazish davrida bemorlarning sub’ektiv kechinmalarini, YuQS va pulsni nazorat qilib borish. 20
       Jami 100
   

 

 

BRONXOOBSTRUKTIV SINDROMDA TEOFILLIN YoRDAMIDA BRONXODILYaTATSIYaLOVChI TERAPIYa O‘TKAZISh

Maqsad: Bronxoobstruktiv sindromli bemorlarga to‘g‘i bronxodilyatatsiyalovchi terapiya o‘tkazish

Bajarilish ketma-ketligi: Maksimal ball To‘plangan ball
1. Bemorlar tana vazini o‘lchash. 10
2. Teofillinning bronxodilyatatsiyalovchi konsentratsiyasi 10-15 mkg/ml bilish 20
3. Teofillinning 5,6 mg/kg yuklama dozasini buyurish. 20
4. Qonda teofillinning terapevtik konsentratsiyasi ta’minlash uchun har 6 soatda 3 mg/kg dozada qo‘llash. 20
5. Teofillinning 6 soatlik interval bilan qabul qilinuvchi dozasi quyidagicha xisoblanadi: (tana vazni (kg) x 3mg/kg x85)/ 100 30
     Jami 100

Qon aylanish yetishmovchiligida xalqali diuretiklar yordamida diuretik terapiya o‘tkazish;

Maqsad: qon aylanish yetishmovchiligi bor bemorlarda diuretik terapiya effektivligi va havfsizligini nazorat qilish

Bajarilish ketma-ketligi Maksimal ball To‘plangan ball
1. Pereferik shishlar darajasini aniqlash, bemorlar tana vaznini o‘lchash. 10
2. Sutka davomida qabul qilingan suyuqsik va sutkali peshob miqdorini o‘lchash. 10
3. Musbat diurezni ta’minlovchi dozada diuretik tanlash (furosemid) (diurez qabul qilingan suyuqlik miqdoridan 800-1500ml ortiq bo‘lishi kerak). 30
4. Diuretik terapiya effektivligini baxolash – tana vaznini kamayishi, shishlarning yo‘qolishi. 20
5. Diuretikning sutka davomida qabul qilingan suyuqlik miqdoriga teng diurezni ta’minlovchi quvvatlovchi dozasini tanlash. 30
     Jami 100

DORI ANAFILAKTIK ShOKIDA ShOShILINCh YoRDAM KO‘RSATISh

Maqsad: Dori anafilaktik shokida shoshilinch yordam ko‘rsatish choralarini o‘zlashtirish

Bajarilish ketma-ketligi Maksimal ball To‘plangan ball
1. Shok keltirib chikargan preparat yuborishni to‘xtatish 10
2. GKS: prednizolon 3-5 mg/kg v/i, har 6 soatda 2-4 dozadan kaytarish. 30
3. Adrenalinning 0,1% li eritmasi 1,0 ml v/i (10 ml fiziologik eritmada). Zarur bo‘lsa, 3 daqiqadan so‘ng takroran qo‘llash. 20
4. Antigistamin vositalar: dimedrol 1% 5ml, suprastin 2% 2-4 ml, pipolfen 2,5% 2-4 ml m/o yoki v/i, har 6 soatda qaytariladi. 20
5. Preparat m/o yuborilgan bo‘lsa, in’eksiya qilingan joydan yuqoriroqqa jgut bog‘lash kerak, in’eksiya qilingan joy atrofiga adrenalin yuboriladi. Agar allergen og‘iz orqali qabul qilingan bo‘lsa – me’dani yuvish. Allergen maxalliy qullanilgan bo‘lsa –  kon’yuktival va burun bo‘shlig‘iga 0,1% li adrenalin va 1% li gidrokortizon eritmalarini tomizish. 20
     Jami 100

 

NAFAS QISISh HURUJIDA BIRINChI YoRDAM KO‘RSATISh

Maqsad: Nafas qisish xurujida shoshilinch yordam ko‘rsatish va qo‘llanilgan tadbirlar samaradorligini baholash

Bajarilish ketma-ketligi Maksimal ball To‘plangan ball
1. Nafas qisish hurujini yuzaga keltirgan omilni bartaraf etish 10
2. Bemorga qisqa ta’sir etuvchi beta2-agonistlar (salbutamol, berotek) – 1 nafasdan har 20 minutda ingalyatsiya qilishga berish 20
3. Eufillin 2,4% – 10 ml vena ichiga sekin-asta yuborish 30
4. Metilprednizolon vena ichiga 1-5 mg/kg tana vazniga hisobidan (10 ml natriy xloridning 0.9% eritmasida) qo‘llash 30
5. Bronxodilyatatsiyalovchi terapiya effektivligini nazorat qilish (o‘pka auskultatsiyasida quruq, xushtaksimon xirillashlarning yo‘qolishi, bemor umumiy axvolining yaxshilanishi) 10
     Jami 100