Vaziyatli masalalar

Masala   № 1

Bemor I., 48 yosh. Klinikaga quyidagi diagnoz bilan keldi: YuIK. Chap qorincha miokardining o‘tkir transmural infarkti. Asorati: qon aylanishi yetishmovchiligi II. Kardiogen shok. EKGda infarktga xos o‘zgarishlardan tashqari to‘liq bo‘lmagan AV blokada, tez-tez qaytariluvchi qorincha ekstrasistoliyalari bor.

  1. Bemorga yurak glikozidlari buyurish mumkinmi?
  2. Yurak glikozidlarining qaysi farmakodinamik ta’siri AV blokadada  qarshi ko‘rsatma bo‘ladi?
  3. Yurak glikozidlarining qaysi farmakodinamik ta’siri qorincha aritmiyalarida qarshi ko‘rsatma bo‘ladi?
  4. Yurak glikozidlarining qaysi farmakodinamik ta’siri transmural infarktda (AV blokada va ekstrasistoliya bo‘lmagan holatda) qarshi ko‘rsatma bo‘la oladi?
  5. Musbat inotrop  va gipertenziv ta’sirga ega boshqa qaysi dori vositasini tavsiya etasiz?

Masala №2

Bemorda oshqozon pilorik qismida yara topilgan, xamda N. pylori bilan zararlanishi tasdiqlangan.

  1. Bemorga sitoprotektorlardan qaysi biri ko‘rsatilgan?
  2. Bu preparatning bakteritsid ta’siri nimaga asoslangan?
  3. Bu preparatning dozalash tartibi.
  4. Bu preparat qanday nojo‘ya ta’sirlarga ega?
  5. Bu preparatni antatsidlar bilan birga qo‘llanganda qanday effekt kuzatiladi?

Masala № 3

Sizga 34 yoshli bemor K.,: Kasalxonadan tashqari o‘ng tomonlama pastki bo‘lak zotiljami diagnozi bilan murojaat qildi. Ambulator vrach maslaxati bilan gentamitsin 80 mg dan sutkasiga 4 mahal m/o qabul qilgan. Bir xaftada davolash natijasida bemor tana xarorati meyorlashmaganligi va bemorning eshitish qobiliyati pasayganligi aniqlandi.

  1. Antibakterial terapiya samaradorligini nazorat qilish usulini ayting va preparat to‘g‘ri tanlanganmi?
  2. Preparat dozasi to‘g‘ri tanlanganmi?
  3. Bemorda preparatning qanday nojo‘ya ta’siri kuzatiladi va bu nojo‘ya ta’sir yuzaga kelish sababi nima?
  4. Krupoz zotiljamni empirik terapiyasida qaysi gurux preparatlari qo‘llaniladi?
  5. Siz tanlagan preparatingiz noeffektiv bo‘lsa yana qasi gurux preparatlarini qo‘lash mumkin?

Masala № 4

Revmatoidli artrit, bo‘g‘im formasi bilan kasallangan bemorga 250 mg dan kuniga 2 mahal delagil buyurildi.

  1. Delagilning farmakodinamik effektini ayting?
  2. Revmatoidli artritda havfsiz terapiya o‘tkazish maqsadida  delagil qanday buyuriladi?
  3. Davolash jarayonida delagilning qanday nojo‘ya ta’sirlari yuzaga kelishi mumkin?
  4. Nojo‘ya ta’sirlarini aniqlash uchun qanday laborator va instrumental tekshirish usullarini o‘tkazish kerak?
  5. Bemor delagilni qancha vaqt qabul qilishi mumkin?

Masala  № 5

Bemor K, 52 yosh, gipertoniya kasalligi II d. AG – II d., XO- II. Ahvolining yomonlashuvi emotsional stress bilan bog‘liq. Ko‘ruv vaqtida: AB 170/100 mm.sm.ust., YuQS 90 marta minutiga. Shifokor metaprolol 25 mg dan kuniga 2 maxal buyurdi.

  1. Tanlangan preparat qaysi guruxga kiradi? Preparat to‘g‘ri tanlanganmi?
  2. Davolashning 5 kuni AB 150/95 mm.sm.ust, YuQS min 75 marta. Sizning taktikangiz?
  3. Tanlangan preparatning samaradorligini nazorat qilish usuli?
  4. Beta-blokatorlarning qanday nojo‘ya ta’sirlarini bilasiz?
  5. Beta-blokatorlarning qo‘llanilishiga qarshi ko‘rsatmalar?

Masala   № 6

Bemorda qon ketishga moyillik (milklar, burundan qon ketish), axlorgidriya, anemiya,  immunitetning pasayishi kuzatiladi.

  1. Bemorda qaysi vitamin tanqisligi mavjud?
  2. Bemorga qaysi preparatni buyurasiz, uning dozalash tartibi?
  3. Preparatning profilaktik dozasi?
  4. Ushbu vitaminning farmakodinamik xususiyatlarini keltiring?
  5. Qanday patologik holatlarda ushbu vitamin tanqisligi kuzatiladi?

Masala   № 7

36 yoshli bemor statsionarda quyidagi diagnozom bilan davolanmoqda: Surunkali  glomerulonefrit, gipertonik turi. SBE, terminal bosqich. AB 180/120 mm.sm.ust. Sutkalik diurez 0,8 l. Qabul qilingan suyuqlik miqdori 1 l ga yaqin. Plazmada kaliy miqdori 6,0 mmol/l, oqsil 50 g/l. Koptokchalar filtratsiyasi – 24 ml/min.

  1. Bemorga qaysi diuretikni buyurish mumkin?
  2. Bemorga qaysi diuretiklar qo‘llab bo‘lmaydi?
  3. Xususiy holda diuretik terapiyaga rezistentlik sababi?
  4. Bemorda musbat diurez qanday bo‘lishi kerak?
  5. Tanlangan preparatni qo‘llashga qanday qarshi ko‘rsatmalar mavjud?

Masala   № 8

Bemor S., 25 yosh, klinikaga quydagi tashxis bilan keldi: Revmatizm, aktiv davri. Qaytalanuvchi revmokardit. Yurakning mitral nuqsoni yetishmovchilikning ustunligi bilan. Asorati: SYuE II FS. Hilpirovchi aritmiya taxisistolik shakli. Jigarda o‘zgarishlar topilmadi. Buyrakning funksiyasi buzilgan, mochevina 15 mmol/l, kreatinin 1,9 mmol/l.

  1. Yurak glikozidlarini buyurishga ko‘rsatma bormi? Javobingizni asoslang.
  2. Qaysi yurak glikozidlarini tafsiya etish optimal va xavfsiz?
  3. Siz tanlagan yurak glikozidining to‘yintiruvchi  va ushlab turuvchi dozasini ayting.
  4. Digitalis bilan davolash samaradorligini baholashning qanday usullari mavjud?

Masala   № 9

Klinikaga “”YuIK. Chap qorincha oldingi devori o‘tkir miokard infarkti” tashhisi bilan bemor keldi. Antikoagulyant dori vositani buyurishga muxtojlik tug‘ildi.

  1. Bemorga qaysi guruh antikoagulyantlarini buyurish kerak?
  2. Siz tanlagan dori vositasining ta’sir mexanizmi.
  3. Siz tanlagan preparatning effektivligini va xavsizligini nazorat  qilish usuli.
  4. Bu preparatning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’siri.
  5. Bu nojo‘ya ta’sirni qanday bartaraf qilish mumkin?

Masala   № 10

Sizga bronxial astma xurujlari bilan bemor murojaat qildi.

  1. Bronxial astmani davolash uchun qo‘llaniladigan dori vositalari guruhlari.
  2. Qaysi gurux dori vositalari bronxodilyatatorlar qatoriga kiradi?
  3. Metilksantinlarning asosiy ta’sir mexanizmi.
  4. Teofillinning bronxlarni kengaytiruvchi qondagi konsentratsiyasi qanday?
  5. Metilksantinlarning nojo‘ya ta’sirlari.

Masala   № 11

Bemorda 12-barmoqli ichakning yara kasalligi, zo‘rayish davri. N2-gistamin retseptori blokatorlariga rezistent.

  1. Bu bemorga proton pompasi blokatorlarini qo‘llash mumkinmi? Bu gurxga qaysi preparatlar kiradi?.
  2. Tanlagan preparatning dozalash tartibini ko‘rsating.
  3. Bu preparat yara kasalligi  profilaktikasi uchun qo‘llaniladimi?
  4. Davolash kursining davomiyligi.
  5. Bu preparatni qo‘llashga qarshi ko‘rsatma?

Masala   № 12

Bemorda hilpirovchi aritmiyaning surunkali formasi.

  1. Bemorga antikoagulyantlar buyurilishiga ko‘rsatma bormi? Bor bo‘lsa, qaysi guruh antikoagulyanlar buyurish kerak?
  2. Tanlangan antikoagulyantning ta’sir mexanizmini qanday?
  3. Antikoagulyant terapiya effektivligini va hafsizligini nazorat kilish usuli.
  4. Tanlangan antikoagulyantni qo‘llaganda qanday nojo‘ya ta’sir yuzaga kelishi mumkin?
  5. Yuzaga kelgan nojo‘ya ta’sirni qanday davolaysiz?

Masala   № 13

Bemor 48 yosh, klinikaga quyidagi tashxis bilan tushgan: YuIK, o‘tkir transmural miokard infarkti. Kardiogen shok. Tez-tez qaytalanuvchi qorincha ekstrasistoliyasi. Bemorga nitratlar, dopamin, antikoagulyantlar buyurilgan. Antiaritmik dori vosita buyurish masalasi turibdi.

  1. Bu holatda qaysi preparat tanlov preparati xisoblanadi?
  2. Preparatni yuborish yo‘llari, dozalash.
  3. Tanlangan preparat bo‘lmasa, qaysi preparatni buyurish mumkin?
  4. Preparatni dozasi qanday bo‘lishi kerak?

Masala   № 14

56 yoshli bemor stenokardiya sababli bir sutkada 10 mg dan 4 marta nitrosorbid qabul qiladi. YuKS- bir daqiqada 80 marta, A/B 140/80 mm sim.ust. teng.

  1. Davolash boshlangandan bir oy o‘tggach stenokardiya xuruji soni yana oshdi. Ahvolining  yomonlashuviga sabablar nima bo‘lishi mumkin?
  2. Sizning taktikangiz.
  3. Agar nitratlar berganda bemorda bosh miya insulti rivojlansa, sizning antianginal davolashingiz qanday o‘zgaradi.

Masala   № 15

58 yoshli bemor 3 yil mobaynida arterial gipertoniya bilan xastalangan. Bir yil oldin miokard infarktini o‘tkazgan, yurakni notekis urishi, to‘sh orqasidagi og‘riq xurujlari bezovta qiladi. Ob’ektiv: YuKS – 90 ta, AKB 180/90 mm sim.ust. EKG: bo‘lmacha ekstrasistoliyasi, chap qorincha gipertrofiyasi, miokardda chandiqli o‘zgarishlar. PQ-0,18 s.

  1. Mazkur holatda boshlang‘ich davolash uchun qaysi preparatlarni buyurish lozim?
  2. Nima uchun?

Masala   № 16

  1. 62 yoshli bemorda gipertoniya kasalligi, AKB ko‘rsatkichi o‘zgaruvchan. Qattiq siqilish natijasida axvoli yomonlashib, klinikaga yotqizildi. Umumiy ahvoli qoniqarli, biroz bosh og‘riydi. AKB 170/100 mm sim.ust. (doimiy qon bosimi 120/70 mm sim.ust.). YuQS – 90 ta. Davolovchi vrach propranolol 20 mg dan 3 mahal buyurdi.
  1. Davolash rejasi to‘g‘rimi?
  2. 5 kun o‘tgach AKB normaga kelmadi (150/90 mm sim.ust.), YuKS – 80 ta. Sizning rejangiz?
  3. Davolashga verapamil ko‘shilsa qanday o‘zgarishlar rivojlanishi mumkin?

Masala   № 17

60 yoshli qandli diabet bilan xastalangan (maninil kabul kiladi) bemorda bir necha yil mobaynida arterial gipertoniya aniqlandi. Ob’ektiv: YuKS – 100 ta, AKB – 180/90 mm sim.ust., qondagi qand miqdori – 7,9 mmol/l. ExoKS: chap qorincha bo‘shligi dilyatatsiyasi, gipertrofiya. Proteinuriya 1 g/l.

  1. Mazkur holda qaysi gipotenziv dori vosita guruxini qo‘llash maqsadga muvofik?
  2. Tanlangan preparatlar ta’siri nima bilan bog‘liq?

Masala   № 18

Uzoq vaqt aspirin qabul qilayotgan yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan bemorda qora moysimon axlat izlari bor. Ob’ektiv: bemorning rangi oqarib ketgan, muzdek ter bilan qoplangan. Puls past to‘liqlik va taranglikda. Arterial qon bosimi 80/40 mm sim.ust Anamnezida o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo‘lgan, biroq oxirgi 2-3 yildan beri bezovta qilmaydi.

  1. Klinik holatni baxolang?
  2. Bemor axvolini yomonlashishi sababi nima?

Masala   № 19

63 yoshli bemorda 6 yil davomida qandli diabet. Bo‘limga tushganda bemorni yo‘tal, shilliqsimon, kam ajraladigan balg‘am, tana xaroratini 37,2S ga ko‘tarilishi, et uvishishi kabi shikoyatlar bezovta qilgan. Bo‘limda yotganining 2 kunidan yo‘tal zo‘raydi, nafas olganda ko‘krak qafasining o‘ng tomonida og‘rik paydo bo‘ldi. Ko‘rik davomida o‘ng tomonlama pastki bo‘lakdagi zotiljami belgilari aniqlandi va rentgenologik tasdiqlandi.

  • Qaysi antibakterial preparatlar  emperik terapiyada ishlatiladi?
  • Qaysi preparat bilan antibakterial terapiyani davom ettirish mumkin?

Masala   № 20

Tromboflebit bo‘lgan bemorga bilvosita antikoagulyantlardan varfarin buyurilgan, protrombin indeksi (PTI) 64-70%.

Surunkali bronxit zщrayishi tufayli unga seftriakson 1,0 X 2 maxal m/o buyurildi.

  1. Protrombin indeksi qanday o‘zgaradi?
  2. Bu o‘zgarishlar nima bilan bog‘liq?

Masala   № 21

Bemor 63 yoshda,  4 hafta davomida 0,3 mg/sut klofelin qabul qilgan. AB  190/110 dan 120/80 mm.sim.ust. gacha pasaygani uchun shifokor preparatni vaqtincha bekor qilishni tavsiya qilgan. 2 kundan keyin kuchli bosh og‘rig‘i, yurak urib ketishi, AB ning 210/120 mm.sim.ust. ga ko‘tarilishi paydo bo‘lgan.

  1. Bemor ahvoli yomonlashuvining sababi nimada?
  2. Faqat klofelin uchun xarakterli bo‘lgan farmakokinetik xususiyatni ayting.
  3. Klofelinning qanday nojo‘ya ta’sirlarga ega?

Masala   № 22

Bemor 42 yosh, o‘rtacha arterial gipertenziya bilan og‘rigan. So‘nggi 2 yil davomida 240/140 mm.s.ust. li arterial gipertenziya aniqlangan. Kindik ustida chap tomonda sistolik shovqin eshitiladi.

  1. Dastlabki tashxisingiz?
  2. Qaysi gurux gipotenziv vositalari tanlov preparatlari xisoblanadi?
  3. Ushbu patologiyada qaysi holat AKF-ingibitorlari buyurishga qarshi ko‘rsatma xisoblanadi?
  4. AO‘F ingibitorlarining nojo‘ya ta’sirlarini ayting

Masala   № 23

45 yoshli bemor cho‘zilgan bronxial astma huruji (6 soat) bilan og‘ir holatda klinikaga olib kelindi. Bemor 4 yildan buyon bronxial astmadan azob chekib keladi. Oxirgi 2 yil davomida β2-adrenostimulyatorlar  ingaliyatorlaridan sutkasiga 6-8 martagacha doimiy foydalanib keladi. Nafas siqish huruji paydo bo‘lganda salbutamol  ingalyatsiyasidan 15 minut interval bilan 6 marotaba qabul qilgan. Effekt juda qisqa muddat bo‘lgan, ammo keyinchalik bronxial obstruksiya belgilari keskin kuchaygan.

  1. Yuzaga kelgan holatning patogenezini tushuntiring.
  2. Yuzaga kelgan holatni davolash uchun qanday chora-tadbirlar o‘tkazilishi kerak?
  3. Ushbu holatni bartaraf etishda GKS laning ta’sir mexanizmi?
  4. Astmani nazorat qilish uchun bemorga qanday β2-agonistlarni tavsiya etasiz?

Masala   № 24

Bemor 36 yosh, tashxis: Mikronadulyar (portal) jigar sirrozi, avjlanuvchi kechishi, dekompensatsiya bosqichi. Portal gipertenziya sindromi (assit, shishlar).

  1. Shish sindromini patogenezini xisobga olgan holda diuretik terapiyani tanlang.
  2. O‘tkazilaetgan terapiyani samaradorligi va havfsizligini nazorat qilish usullarini tanlang.
  3. Qayday miqdordagi diurez effektiv va havfsiz xisoblanadi (ichilgan suyuqlikka nisbatan).

Masala   № 25

Bemor «Buyrak tosh kasalligi» bo‘yicha operatsiya qilinib, operatsiyadan keyingi davrda og‘riq xurujlari yana paydo bo‘ldi. Siydikda kalsiy tuzlari aniqlandi.

  1. Qayta tosh xosil bo‘lishni oldini olish uchun qanday diuretiklarni buyurgan ma’qul?
  2. Tanlov preparati nima bilan asoslanadi?

Masala   № 26

Bemor K. 47 yosh, tana vazni-84 kg, ahvoli og‘ir, klinikaga og‘ir holatda 8 soat davom etgan bo‘g‘ilish huruji bilan olib kelingan. Uy sharoitida bir necha marta 6 ta ingaliyatsion dozada salbutamol qabul qilgan, preparat samarasiz bo‘lgan. Tez yordam chaqirilgan, bemorga 2,4%-10 ml eufillin v/i ga yuborilgan. Bo‘g‘ilish huruji bartaraf etilmagan va bemor gospitilizatsiya qilingan.

  1. Simpatomimetiklarning samarasizligini tushuntiring.
  2. Eufillin samarasizligini tushuntiring.
  3. Yuzaga kelgan vaziyatda sizning taktikangiz.

Masala   № 27

26 yoshli ayol klinikaga oyoq va qo‘l mayda bo‘g‘imlarida og‘riq, shish,  xarakatning kamayishiga, maxalliy temperatura oshishi, ertalabki 30 minutlik karaxtlik. Tana temperaturasining  37,2S gacha oshishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: o‘zini 1 yildan beri kasal deb biladi. Ilk marta sovuq qotishdan keyin mayda bo‘g‘imlarida shish harakatning kamayishi va og‘riq kuzatilgan. Anamnezida 4 yil davomida me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligidan aziyat chekkan. Og‘riq xurujlarini kamaytirish uchun indometatsin 25 mg dan 4 marta qabul qilgan. 7 kunga borib epigastral soxada og‘riq, tungi, och og‘riqlar, jig‘ildon qaynashi kuzatilgan.

  1. Sizning tahminiy tashhisingiz?
  2. NYaQDV ulserogen tasiri nima bilan bog‘liq?
  3. Bemorga nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalarining qaysi preparatlarini buyurish mumkin?

Masala   № 28

35 yoshli erkak  1 yil oldin sovuq qotishdan keyin bel sohasida, kechga borib va balandga ko‘tarilganda kuchayuvchi og‘riq hamda tana haroratining 39 S gacha ko‘tarilishi shikoyatlari bilan keldi. Ko‘rikda umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Astenik, teri qoplami rangpar, issiq. Palpatsiyada paravertebral nuqtalarda og‘riqlar, bel lordozi tekislashgan, umurtqaning bel soxasi bambuk tayog‘i ko‘rinishida. Lassega simptomi «+» . O‘pkada vezikulyar nafas, puls 92 ta min, AQB 110/70 mm.sim.ust., qorin yumshoq og‘riqsiz, shishlar yo‘q. Umumiy qon tahlili:  gemoglobin 96 g/l, erit-3,6×1012 – 1 leyk – 6,2 x 109. EChT–46 mm/soat,    Gaptoglobin-1400,   ASLO 250 TB,  revmatoid faktor– (-), S-reaktiv oqsil 3+.

  1. Sizning tahminiy tashhisingiz?
  2. Bemorga qaysi gurux dori vositalarini qo‘llash mumkin?
  3. Bexterev kasalligida tanlangan gurux dori vositalarining samaradorligini baholash usullari?

Masala   № 29

Bemor 55 yosh, klinikaga og‘ir axvolda to‘satdan boshlangan aritmiya xuruji bilan keltirildi, YuQS 170 ta 1 daqiqada. EKGda: R-R interval qisqargan va teng, QRS – normal, T tishcha manfiy. V/i izoptina 20 mg qo‘llanilishi aritmiya xurujini bartaraf etdi.  Verapamilni ichishga 40 mg dan 3 maxal qabul qilish samarasiz bo‘lib, paroksizm xuruji 7 soatdan keyin yana qaytarildi.

  1. Bemorda ritm buzilishining qaysi shakli kuzatiladi?
  2. Nima uchun 120 mg verapamil ichishga qabul qilinishi ritmni saqlab qolish uchun samarasiz bo‘ldi?
  3. Paroksizm bartaraf etilgandan keyin sizning taktikangiz?

Masala   № 30

59 yoshli bemor ayol M., quyidagi tashxis bilan keldi: essensial arterial gipertenziya 3 daraja, o‘ta yuqori havf, gipertonik kriz, surunkali yurak yetishmovchiligi II funksional sinf (NYHA), bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi, zo‘rayishi; surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi, nafas yetishmovchiligi I d.; me’da yara kasalligi, remissiya; semizlik III daraja. Anamnezida: arterial gipertenziya bilan 3 yildan beri kasallangan, bemor 1 yil davomida doimiy enalapril 10 mg kuniga 2 maxal, indapamid 2,5 mg  kuniga 1 maxal qabul qilgan, ushbu davo fonida AB turg‘un — 130/80 mm sm.ust. darajasida. gipertonik kriz rivojlanishidan 2 kun avval bel soxasida paydo bo‘lgan og‘riqlar tufayli mustaqil diklofenak natriy m/o qo‘llagan. Ob’ektiv: umumiy ahvoli o‘rta og‘irlikda, bemor bexalovat, teri qoplamlari toza, odatdagi rangda va namlikda. Paravertebral nuqtalarda og‘riq kuzatiladi. Yurak tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik, YuQS=PS=100 marta/min, AB=220/110 mm sm.ut. O‘pkada  – qattiqlashgan nafas, tarqoq, quruq xirillashlar, nafa olish soni minutiga 20–21 marta. Qorin bo‘shlig‘i a’zolari patologik o‘zgarishsiz. Qon bioximik taxlilida kreatinin – 90 mkmol/l, umumiy bilirubin  –16,0 mkmol/l, Na— 141 mmol/l, K— 3,7 mmol/l, Ca2+ — 2,8 mmol/l, ALT-21, AST-23, Past zichlikdagi lipoproteidlar – 151 mg/dl. EKG: maromi sinusli, PQ — 0,17 s, QRS — 0,11 s.

  1. Bemorda gipertonik krizni bartaraf etish uchun qaysi preparatni qo‘llagan maqqul?
  2. Bemorda arterial gipertenziyani doimiy davolash uchun qaysi gurux preparatlarini qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bor?
  3. Bemorda gipretonik kriz rivojlanishining ehtimollik sababi nima?