KAFEDRANING ILMIY MUAMMOSI
“Turli patologik holatlar rivojlanishida patogenetik mexanizmlarni o‘zgartirish asoslari va farmakoterapiyaning optimal jadvalini qayta ishlab chiqish”.
Davlat qayd raqami: 01.070070
Mashg‘ulotni nomlash
Klinik -yeksperimental kuzatuvlarda 12 barmoq ichak yara kasalligi bor bemorlarni Helichobachter pilori assotsiyatsiyasida me’da shillig‘ini agressiv-progressiv faktorlarni o‘zgarishi asoslarini o‘rganish va kompetent effektini va davoning ikkinchi chizig‘I jadvali bilan bu faktorlarni o‘zaro munosabatini baholash.
ILMIY IShNING QISQAChA YoZMA BAYoNI
Yara kasalligi gastroduodenal soxaning himoya qilish imkoniyati bilan agressiv faktorlar o‘rtasida muvozanatni buzilishi natijasida rivojlanuvchi, surunkali residivlanuvchi kasallik hisoblanadi. Oxirgi yillarda turg‘unligi bilan xarakterlanib ba’zi bir mamlakatlarda esa yara kasalligi bilan og‘rish kamayishiga moyillik bo‘lib bu kasallik davosining klinik amaliyotiga yangi usullarni kirib kelishi sababdir. Chu bilan yara kasalligi asorati soni (qon ketishi, perforatsiya, stenoz) etarlicha yuqori darajada saqlanmoqda. Yaradan qon ketishi bo‘yicha davoga muxtojlar soni esa hattoki bir qanchaga oshdi. Yara kasalligi bor bemorlarni davolashda residivini va asoratini oldini olish nafaqat tibbiyot balki ijtimoiy muammoni o‘z ichiga oladi. Yara kasalligida tanlov terapiya- yarani muaffaqiyatli davolab, kasallik residivini qaytarib, asorat rivojlanishidan uzoqlashtiruvchi – bu Helichobachter pylory infeksiyasi eradikatsiyasidir. Diagnostikaning va Helichobakter pylory infeksiyasi davosida zamonaviy yo‘li Maastrix shaxrida o‘tqazilgan halqaro barcha xujjatar bo‘yicha kengashda tasdiqlovchi tibbiyot talablariga javob berildi.
Adabiyot ma’lumotlari analizi shuni ko‘rsatadiki hozirgi vaqtda amaliy jixatdan ilmiy kuzatuvlar himoya faktorlariga ikkinchi qator terapiya komponentlari va sxemasini ta’sirini o‘rganish va asosiy mavjud bo‘lgan ishlar mikrobli va kislotapeptik agressiv faktorga bu sxemani ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Hozigi vaqtgacha Helichobachter pyiory hisobiga yarani bo‘lmasligi yoki aksincha savoli ochiq qolmoqda. Ulserogenezni boshqa patogenetik mexanizmiga antixelikobakterial terapiyani ta’siriga savoli to‘liq o‘rganilmagan.
Hozirgi vaqtda bu muammolarni bartaraf etish uchun uch yo‘l ko‘zda tutiladi:
Mikroorganizmni ajratib olish va uni antibiotiklarga sezgirligini aniqlash.
Davolash davrini uzaytirish.
Terapiyaning zaxira jadvalidan va antixelikobakterial aktivlikka ega antibiotiklardan foydalanish.
Oldingi ikkitasi ya’ni antibiotiklarga sezgirligini aniqlash qimmat muolaja bo‘lgani bilan bog‘liq holda amaliy mavjud emas, davolash muddatini cho‘zish esa salbiy effektlarini sonini sezilarli oshishiga olib keladi. Bartaraf etishning uchinchi yo‘li qolmoqda-davolashning yangi sxemasini ishlab chiqish yoki antixelikobakter aktivlikka ega yangi antibiotiklarni topish va foydalanish.
Bayon etilganlardan kelib chiqqan holda va yara kasalligida foydalanilgan davolash sxemasining ikkinchi liniyasining keng istiqbolini hisobga olib komponentlar ta’sirini va ikkinchi liniya terapiyasini sxemasini agressiv-protektiv faktorlarni gastroduodenal soxa shilliq qavatiga yara kasalligida o‘zaro munosabatini o‘rganish maqsadga muvofiq deb o‘ylashdi.
Yara kasalligida davolashning ikkinchi liniyasi preparatlari shilliq qavat bar’eri holatiga farmakodinamik ta’sir yo‘nalishi turlicha. Omeprazol, metronidazol, furazolidon pasaytiradi, de-nol stimullaydi, tetrasiklin va amoksitsilin esa shilliq qavat bar’eriga ta’sir qilmaydi. Chilliq qavat bar’eri sintezi omeprazol, de-nol, amoksitsilin, tetrasiklin bilan kvadriterapiyada stimulirlanadi va omeprazol, amoksitsilin, tetrasiklin bilan uchlik terapiyada o‘zgarmaydi va omeprazol, de-nol, tetrasiklin va metronidazol bilan kvadriterapiya va omeprazol, amoksitsilin va furazolidon bilan uchlik terapiyada tushadi.
Omeprazol, metronidazol va furazolidon qabul qilganda shilliq qavat sintezi pasayishi sabablaridan biri ularning monooksigenaza sistemasi fermentiga, NO shakllanish sistemasiga ingibirlovchi effekti va me’da shilliq qavat to‘qimasida lipidlar peroksidatsiya holatiga stimulirlovchi ta’siri hisoblanadi. Sitohimoya mexanizmlarini patogenetik korreksiyasi rejasida de-nolni qabul qilish effektli hisoblanib, amoksitsilin va tetrasiklin bu mexanizmlarga ta’sir qilmaydi. Omeprazol, amoksitsilin, de-nol va tetrasiklin bilan kvadriterapiya va uchlik terapiya omeprazol, amoksitsilin, tetrasiklin qabul qilganda preparatlarni sitoproteksiya mexanizmiga musbat farmakodinamik o‘zaro munosabati additive sinergizm ko‘rinishida kechadi. Omeprazol, de-nol, tetrasiklin, metronidazol bilan kvadriterapiya va omeprazol, amoksitsilin, furazolidon bilan uchlik terapiya sitoproteksiya mexanizmini pasaytiradi bu omeprazol,metronidazol va furazolidonni ingibirlovchi farmakodinamik effektini potensirlanishi bilan izoxlanadi.
Helichobachter assotsirlangan yara kasalligini ikkinchi qatorning kvadriterapiyasi standart sxemasi omeprazol, amoksitsilin, tetrasiklin, de-nol bilan va omeprazol, de-nol, tetrasiklin, metranidazol bilan davolashda klinik simptomlariga va H.pylory eradikatsiyasi soniga hir xil ta’sir qiladi. Chuningdek omeprazol, de-nol, amoksitsillin, tetrasiklin bilan kvadriterapiya shilliq qavat himoya bar’eri sintezi mexanizmi buzilishlariga va regeneratsiya protsessiga ko‘pro effektiv ta’sir qilib 12 barmoq ichak yara kasali bor bemorlarni yarasini yuqori tezlikda chandiqlashishiga olib keladi.
Yakubov A.V., Raxmatullaeva G.K., Parpibaeva D.A., Xudoyberganova N.X., Azimova M.M. “Indometatsinli gastropatiyada me’da shilliq to‘qimasi regeneratsiya jarayonlariga ba’zi proton pompasi ingibitorlari, sitoprotektorlar va ularning kombinatsiyalari samaradorligini qiyosiy baholash”. TTA axborotnomasi 2020yil. №6. 104-106 bet.
Zufarov P.S., Yakubov A.V., Aripdjanova Sh.S., Saidova Sh.A., Musaeva L.J. “Revmatoid artritli bemorlarda gastropatiyani davolashda omeprazol samaradorligini qiyosiy baxolash”. Science and practice: Implementation to modern society. Manchester. Great Britan. 25-28 Desember, 2020. № 3(39). P.1331-1340.
Zufarov P.S., Akbarova D.S., Pulatova D.B. Abdusamatova D.ZAripdjanova Sh.S., Pulatova N.I. “Ingalyatsion glyukokortikosteroid qabul qilayotgan surunkali o‘pka obstruktiv kasalligi bor bemorlarda osteoporoz profilaktikasi va davolash uchun kalsiy va vitamin D3 saqlovchi preparatlar samaradorligini baxolash”. Scientific Collection «InterConf», №(41): with the Proceedings of the 7 th International Scientific and Practical Conference «Scientific Horizon in The Context of Social Crises» (February 6-8, 2021). Tokyo, Japan: 2021. R.807-811.