Klinik farmakologiya kafedrasi xodimlarining Xalqaro OITSga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Klinik farmakologiya siklini o‘tayotgan talabalar TTA klinik farmakologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.A. Saidova boshchiligida bu tadbirga tayyorgarlik ko‘rib, darsdan so‘ng, kafedrada tadbir o‘tkazildi va bu tadbirda Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni mavzusiga bag‘ishlangan  OITS kelib chiqishidan to xozirgi kundagi qanday dori vositasi ishlab chiqish ustida butun dunyo olib borayotgan ilmiy izlanishlari xaqida batafsil malumot eshitildi.

Bu mavzu bo‘yicha 504 a gurux talabalari tomonidan tayyorlangan  slaydlar prezentatsiyasi, videoroliklar namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida interfaol o‘yinlar o‘tkazildi.

Bu o‘yinning faol ishtirokchilariga sovg‘alar  taqdim etildi.

Fotolavhalar:

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.