2019 yil 15-19 aprel kunlari ma’ruzalar sikli tashkil etildi

TTA klinik farmakologiya kafedrasida 2019 yil 15-19 aprel kunlari S.M.Kirov nomli xarbiy-tibbiy akademiyaning farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi professori P.D.Shabanov ishtirokida klinik farmakologiya bo‘yicha ma’ruzalar sikli  tashkil etildi.

Ishtirokchilar: TTA ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori F.L. Azizova, TTA 1-klinikasi bosh shifokori o‘rinbosari D.M.Aripova, TTA klinik farmakologiya kafedrasi mudiri professor A.V. Yakubov, professor P.S.Zufarov,          dotsent Akbarova D.S.,        katta o‘qituvchilar Sh.A.Saidova,  D.B. Pulatova, L.J. Musaeva,  D.Z. Abdusamatova,  assistentlar: Sh.S.  Aripdjanova, N.I. Pulatova, klinik ordinatorlar, TTA MOTM tinglovchilari, 1 va 2-son ichki kasalliklar kafedralari xodimlari, magistrlari  va klinik ordinatorlari, bolalar kasalliklari kafedrasi xodimlari, TTA 1-klinikasi shifokorlari.

16 aprel kuni prof. P.D.Shabanov TTA Farg‘ona filialida “Viruslarga qarshi dori vositalarining klinik farmakolgiyasi” va “Ratsional antibakterial terapiyaning zamonaviy tamoillari” mavzularida ma’ruzalar o‘qidi.

17 aprel kuni TTA Urganch filialida “Psixotrop dori vositalarning klinik farmakologiyasi” va “Neyrofarmakologiyada zamonaviy qarashlar” mavzularida ma’ruzalar bo‘lib o‘tdi.

18 aprel kuni prof. Shabanov klinik farmakologiya kafedrasi xodimlari ishtirokida Xiva shaxrining tarixiy obidalari bilan tanishdi.

Fotolavxalar:

 

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.