Mustaqillik darsi

Yangi 2022-2023 o‘quv yili “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi. Kafedra mudiri, professor A.V.Yakubov va professor P.S. Zufarov ma’ruza qildilar. Unda 1-davolash fakultetining 501 va 502 guruh talabalari hamda klinik farmakologiya kafedrasi o‘qituvchilari ishtirok etdilar. So‘nggi 31 yil ichida mamlakatimiz erishgan yutuqlarni eslab, mustaqillik darsini boshladik. Ushbu qisqa davrda mamlakatimiz nafaqat ichki, balki tashqi siyosatda ham katta yutuqlarga erishdi. Bunday qiziqarli ma’ruzadan so‘ng talabalar katta qiziqish, g‘urur tuyg‘usini his qilishdi va ko‘p savollar berishdi. Talabalar tajribali o‘qituvchilardan savollariga to‘liq javob olgandan so‘ng, vatanparvarlik ruhida klinik mashg‘ulotlarni davom ettirish uchun o‘z auditoriyalariga tarqaldilar.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.