“1 oktyabr -o‘qituvchi va murabbiylar kuni”

Klinik farmakologiya kafedrasi xodimlari va 1-davolash fakulteti 511, 512 guruh talabalari 30.09.2022 yilda klinik farmakologiya kafedrasida darslardan so‘ng “1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdilar. O‘qituvchilar kuni eng ta’sirli va yorqin bayramlardan biridir. Bu yosh avlodni tarbiyalashdek muhim ish bilan shug‘ullanadigan odamlarga yana bir bor minnatdorchilik bildirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Tadbirda talabalar she’r o‘qishdi, qo‘shiqlar kuylashdi. O‘qituvchi kasbining vakillari haqida ko‘plab yaxshi so‘zlar aytildi. Talabalar ustozlarga ularning mas’uliyatli va sharafli kasbiga hurmat-ehtiromlarini namoyon eta oldi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.