2026-yil 19-may kuni Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Klinik farmakologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishi doirasida TTJ №2 ga tashrif amalga oshirildi.
Tashrifda dotsentlar D.S. Akbarova, D.B. Pulatova, N.I. Pulatova, L.J. Musayeva, Sh.A. Saidova, katta o‘qituvchi D.Z. Abdusamatova hamda assistentlar Z.E. Ilhamova, N.Z. Tulyaganova, H.X. Sayfiyeva va D.D. Bayxonovalar ishtirok etdilar.
Tashrif davomida TTJ mas’ul tarbiyachisi Sodiqjon Rahmatov bilan suhbat o‘tkazildi, talabalar yashash sharoitlari va mavjud muammolar o‘rganildi. Talabalar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Shuningdek, TTDUning “Sog‘lom turmush tarzi” loyihasi doirasida “O‘tkir ichak infeksiyalari” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida taqdimot va videorolik namoyish etilib, talabalarga mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Mazkur tadbir talabalarning tibbiy bilimlarini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

















