22.02. 2021 yil klinik farmakologiya kafedrasida TIJ saralash turining kafedra bosqichi o‘tkazildi. Yig‘ilishda kafedra xodimlari va davolash xamda tibbiy pedagogika fakultetining 5 kurs talabalari ishtirok etishdi. Majlisni kafedra professori P.S.Zufarov ochib berdi. 6ta ilmiy ishlar ma’ruzalari tinglandi. Prof. P.S.Zufarov boshchiligida xay’at a’zolari ilmiy ishlarni baholadilar va o‘rinlarni aniqladilar. Tibbiy pedagogika fakulteti 502 gurux talabasi Jabakova Yulduz “Yara kasalligida eradikassion terapiyaning pog‘anasimon sxemasi samaradorligi” mavzusi bilan1-o‘ringa loyiq deb topildi. Davolash fakulteti 509 gurux talabasi Tillaeva Madina “SO‘OK bor bemorlarda ringalinning samaradorligi va xavfsizligini baxolash”mavzusi bilan 2-o‘rinni egalladi. 3 -o‘rinni tibbiy pedagogika fakulteti 501 gurux talabasi Otaxonova Fazilat “Kasalxonadan tashqari pnevmoniyani davolashda flyuditek va pulmolan siroplari klinik samaradorligini qiyosiy baxolash” mavzusi bilan egalladi. Tibbiy pedagogika fakulteti 503 b urux talabasi Nabibullaeva Shodiya “SO‘OK davolashda evoxayler ERBUFOning qiyosiy samaradorligi va xavfsizligi” mavzusi bilan “Eng bilimdon talaba” nominatsiyasiga loyiq deb topildi. Barcha ishtirokchilar sertifikat va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.