Xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman

2025-yil 11-dekabr kuni Toshkent Davlat tibbiyot universitetida Klinik farmakologiya kafedrasi tashabbusi bilan “Tibbiy ta’lim sifatini oshirishda xalqaro hamkorlik va pedagogik innovatsiyalar” mavzusida xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman bo‘lib o‘tadi.

Mazkur anjumanning asosiy maqsadi  — tibbiy ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish, pedagogik innovatsiyalarni joriy etish hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan samarali foydalanish masalalarinimuhokama qilishdan iborat.

Anjumanda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasining yetakchi professor-o‘qituvchilari, klinik farmakologiya hamda tibbiy ta’lim sohasidagi mutaxassislar ishtirok etadi.

Konferensiya doirasida quyidagi yo‘nalishlar boyicha ma’ruzalar taqdim etiladi:

  • tibbiy ta’limda sun’iy intellekt va raqamlashtirish
  • masofaviy ta’lim texnologiyalari
  • telemeditsina va onlayn platformalar
  • flipped classroom va dual ta’lim tizimi
  • klinik fikrlashni rivojlantirishning zamonaviy usullari

O‘tkazilish sanasi: 11-dekabr 2025-yil
Boshlanish вақти: 09:00
Format: offline va ZOOM orqali online
Manzil: Toshkent Davlat tibbiyot universiteti, Klinik farmakologiya kafedrasi

 

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.