Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy-pedagogika fakulteti “Klinik farmakologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n. D.Z.Abdusamatova tomonidan «Bronxlar o‘tkazuvchanligiga ta’sir etuvchi dori vositalarning klinik farmakologiyasi» mavzusida o‘tkazilgan ochiq dars
Qatnashdilar: Professor P.S.Zufarov, dotsent S.M.Shukurjonova, katta o‘qituvchilar : Sh.A.Saidova, D.B. Pulatova, L.J.Musaeva, assistentlar Sh.A.Aripdjanova, N.I.Pulatova
Ochiq dars “Klinik farmakologiya “ kafedrasining katta o‘qituvchisi, t.f.n. D.Z.Abdusamatova tomonidan davolash fakultetining 510 b gurux talabalari bilan o‘tkazildi. Mavzu: «Bronxlar o‘tkazuvchanligiga ta’sir etuvchi dori vositalarning klinik farmakologiyasi».
Dars 8:30 da boshlandi va xronometraj asosida olib borildi. Talabalar davomati tekshirildi, darsda barcha talabalar qatnashayotganligi qayd qilindi. Mashg‘ulotning kirish qismida D.Z.Abdusamatova mavzuning dolzabligi va klinik amaliyotdagi axamiyati xaqida tushuncha berdi. Talabalarning mavzu buyicha mustakil tayyorgarliklari – bilimlari “qopda mushuk” interfaol usuli bilan tekshirildi. Talabalarning qonspektlari ko‘rib chiqildi. Dars nazariy va amaliy qismlardan (40/60 ) iborat bo‘lib, nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va mustaxkamlash uchun yangi pedagogik texnologiyalar: “Klaster”, “ SWOT-taxlili”, “ Baliq skeleti” interfaol usullardan foydalanildi.
Mashg‘ulotning amaliy qismida o‘qituvchi boshchiligida mustaqil ishlash, kichik guruxlarda ishlash, “Keys stadi”, diskussiya – o‘qitish shakllari orqali tematik bemorlar ko‘rildi, ularning kasallik tarixi, davolash rejasi, tavsiya varakasi taxlil qilindi, hamda amaliy ko‘nikmalar o‘zlashtirildi. Mavzuga oid vaziyatli masalalar va test yechish orqali talabalarning o‘zlashtirish darajasi nazorat qilindi. Mashg‘ulot yakunida talabalar reyting tizimi asosida baholandi va reyting bali talabalarga e’lon qilindi.
Toshkent shaxri 19 aprel 2018 yil
Klinik farmakologiya “ kafedrasining katta o‘qituvchisi, t.f.n. D.Z.Abdusamatova
Fotolavhalar: