Bu tadbir kafedra assistenti N.I. Pulatova boshchiligida 21.09.2018 y.da darsdan so‘ng, kafedrada o‘tkazildi. Dastlab xafta davomida mamlakatimizda yuz bergan o‘zgarishlarni talabalar bilan muhokama qilindai. Jumladan, “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni xaqida, “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ma’lumot berildi.
Assistent N.I. Pulatovaning “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi o‘zbekiston respublikasi qonuni” mavzusida o‘tkazgan ma’ruzasi asosida: ushbu qonunning maqsadi, Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar teng huquqliligi, dinning davlatdan ajratilganligi, davlat organlarining va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabat borasidagi vakolatlari, diniy o‘quv yurtlari, diniy urf-odatlar va marosimlar x. majlis qatnashchilariga ma’lumot yetkazildi va muhokama qilindi.
Fotolavxalar keltirilgan.