Toshkent tibbiyot akademiyasi yana bir xalqaro anjumanni o‘tkazdi.

Klinik farmakologiya kafedrasi tashabbusi  bilan 27-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi, Belarusiya, Qozog’iston va Tojikiston Respublikalarining ilg’or olimlari  va Klinik tadqiqotlar menwgmentini amalga oshiruvchi DATA MENEJMENT 365 xalqaro tashkiloti hamkorligida «KLINIK FARMAKOLOGIYA: ZAMONAVIY FARMAKOTERAPIYA  MUAMMOLARI» mavzusi muhokamalar maydonida bo‘ldi.

✨Anjumanda ilg’or xorijiy klinik farmakolog  mutahassislar akademik Raximov Q.D.(Qozog’iston), professorlar  Mal G.S.(Kursk), Povetkin S.V., Bichkov E.R.(Sankt-Peterburg), Urunova M.V.(Tojikiston), Skripko A.A.(Irkutsk),  Fedorova N.V., Ruzanov D.Y.(Belorus) bilan TTA professorlari Yakubov A.V., Zufarov P.S., Mavlyanov I.R.,  Daminova L. T. va Xamrayev A.A. lar farmakoterapiyaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan ma’ruzalari bilan  ishtirok etdilar. O’zbekistonlik olimlar va amaliy shifokorlar qatnashgan

anjumanda ichki kasalliklarni davolash va profilaktikasi masalalarining innovatsion usullari tahlil etidi.

 

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.