Bronxlar o‘tkazuvchanligiga ta’sir etuvchi dori vositalarning klinik farmakologiyasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy-pedagogika fakulteti “Klinik farmakologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi,  t.f.n. D.Z.Abdusamatova tomonidan «Bronxlar o‘tkazuvchanligiga ta’sir etuvchi dori vositalarning klinik farmakologiyasi» mavzusida o‘tkazilgan ochiq  dars

Qatnashdilar: Professor P.S.Zufarov, dotsent S.M.Shukurjonova, katta o‘qituvchilar : Sh.A.Saidova, D.B. Pulatova, L.J.Musaeva, assistentlar Sh.A.Aripdjanova, N.I.Pulatova

Ochiq dars “Klinik farmakologiya “ kafedrasining katta o‘qituvchisi,  t.f.n. D.Z.Abdusamatova tomonidan davolash  fakultetining 510  b gurux talabalari bilan o‘tkazildi. Mavzu: «Bronxlar o‘tkazuvchanligiga ta’sir etuvchi dori vositalarning klinik farmakologiyasi».

Dars 8:30 da boshlandi va xronometraj asosida olib borildi. Talabalar davomati  tekshirildi, darsda barcha talabalar qatnashayotganligi qayd qilindi. Mashg‘ulotning  kirish qismida D.Z.Abdusamatova mavzuning dolzabligi va  klinik  amaliyotdagi  axamiyati xaqida tushuncha berdi. Talabalarning mavzu buyicha mustakil tayyorgarliklari  – bilimlari  “qopda mushuk”  interfaol  usuli  bilan tekshirildi. Talabalarning  qonspektlari ko‘rib chiqildi. Dars nazariy va amaliy  qismlardan (40/60 ) iborat bo‘lib,    nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va mustaxkamlash uchun yangi pedagogik texnologiyalar: “Klaster”, “  SWOT-taxlili”, “ Baliq skeleti” interfaol  usullardan foydalanildi.

Mashg‘ulotning amaliy qismida o‘qituvchi boshchiligida mustaqil ishlash, kichik guruxlarda ishlash, “Keys stadi”, diskussiya – o‘qitish shakllari orqali tematik bemorlar  ko‘rildi, ularning kasallik tarixi, davolash rejasi, tavsiya  varakasi  taxlil qilindi, hamda amaliy ko‘nikmalar o‘zlashtirildi.  Mavzuga oid  vaziyatli masalalar va test  yechish orqali talabalarning o‘zlashtirish darajasi  nazorat qilindi. Mashg‘ulot yakunida talabalar reyting tizimi asosida baholandi va  reyting bali talabalarga e’lon qilindi.

Toshkent shaxri 19 aprel 2018 yil

Klinik farmakologiya “ kafedrasining katta o‘qituvchisi,  t.f.n. D.Z.Abdusamatova

Fotolavhalar:

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.