Mirzo Bobur hayoti va ijodi – yoshlar uchun ibrat

 Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Tibbiy pedagogika va xalq tabobati fakultetida

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavalludiga bag’ishlab,

“Mirzo Bobur hayoti va ijodi – yoshlar uchun ibrat” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi №5 TTJ, 2-qavat A va B blokida yashovchi talabalar va klinik

farmakologiya kafedrasi xodimlari va  tibbiy pedagogika va xalq tabobati fakulteti “Yoshlar

bilan ishlash bo’yicha ma’naviyat va ma’rifat” ishlari bo’yicha dekan muovini S.Sh. Rustamova bilan birgalikda “Mirzo Bobur hayoti va ijodida yoshlar uchun ibrat” mavzusida tadbir tashkil

qilindi.

Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin  egallagan adib, shoir, olim bo’lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda bo’lganligi

haqida prezentatsiya, videorolik, sahna ko’rinishlariga boyitilgan tadbir o’tkazildi. TTJ da

yashovchi talabalar faol ishtiroklari bilan Mirzo Bobur haqida chuqur bilimga ega ekanligi,

faxrlanishlari va amal qilishga harakatlarini ko’rsatishdi. Harold Lambning “Bobur-yo’lbars”,

Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarlar bilan ham tanishildi va muhokama qilindi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.