“Tibbiyotda AKT” proekti bo‘yicha seminari bo‘lib o‘tdi

TTA ning 19 aprel 2018 yildagi 119-k-sonli buyrug‘i va KOREA DIGITAL HOSPITAL EXPORT AGENCY taklifi asosida “Tibbiyotda AKT” loyihasi bo‘yicha klinik farmakologiya kafedrasi dotsenti D.S. Akbarova TTA delegatsiyasi tarkibida, Qozig‘iston respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasi bilan birgalikda KOHEA ning “Medical & ICT converget Central Asia Export Consortium” dasturida ishtirok etdi.

Loyiha doirasida KOHEA direktori  Tae Xyung Kim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, va “Raqamli gopital” va “Sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalar” mavzusida konferensiya o‘tkazildi, konferensiya yakunida Koreya raqamli tibbiy asboblar ishlab chiqaruvchi «Radian» kopmaniyasi marketing va savdo bo‘yicha menedjeri Devid Choy kompaniya maxsulotlari bilan tanishtirdi.

Loyihaning ikkinchi kuni tibbiy muassasalarni loyihalash va qurish bo‘yicha JUNGLIM Architecture Co., ltd kompaniyasining prezidenti Xokyung Che gospitallar loyihalash va qurilishining Koreya tajribasi bilan tanishtirdi. «Future Robot»  kompaniyasining menedjeri Kim Bong Kvan boshchiligida robot texnikasi,  raqamli tibbiy texnika ishlab chiqarish va tibbiy AKT tizimiga bag‘ishlangan «Future Robot» va  «R&D Proect» kompaniyalarining qo‘shma seminari bo‘lib o‘tdi.

Koreya Universitetining Anam gospitalida o‘tkazilgan seminarda professor Sang-Xeon Leening «Koreya Universitetining Anam gospitali. Kelajak tibbiyoti» mavzusida, professor Chang Yung Parkning «Yangi dori vositalarining klinik tadqiqotlari» mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi, seminarda TTA bolalar va o‘smirlar gigienasi, ovqatlanish gigienasi kafedrasi mudiri N.J. Ermatov «Toshkent tibbiyot akademiyasi» haqidagi axboroti bilan qatnashdi.

Shuningdek loyiha doirasida tashkilotchilar tomonidan Koreya Universitetining Anam gospitali onkologiya va kardiovaskulyar bo‘limlari, Koreya Universitetining Severans gospitali onkologiya, bolalar onkologiyasi, Gepatologiya bo‘limlari ish faoliyati, gospitalning axborot tizimi, bemorlar bilan raqamli axborot almashinuv tizimi bilan yaqindan tanishtirildi.

Fotolavxalar:

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.